Somali janubi-g‘arbidagi Baydabo shahrida amalga oshirilgan ikki portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlab 16 qurbon, 20 yarador haqida xabar berilgan edi. Hozirda qurbonlar soni 20 kishiga yetdi.
Birinchi portlash shaharning bosh ko‘chasi yaqinidagi restoranda ro‘y berdi. Ikkinchi bomba boshqa bir qahvaxonada portlatildi.
Ikki portlashni ham xudkushlar amalga oshirdi.
Izoh (0)