Nigeriya o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlari tomonidan 833 nafar bola “Boko Haram” terrorchilik guruhi asirligidan qutqarildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“‘Boko Haram’ radikal harakatiga qarshi kurashuvchi o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlari Nigeriya shimoli-sharqida 833 nafar bolani asirlikdan qutqardi. Ulardan ayrimlari hatto 11 yoshga ham to‘lmagan”, — deyiladi xabarda.
UNICEF’ning qayd etishicha, o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlari terrorchilar tomonidan bolalardan harbiy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashishga ulkan hissa qo‘shdi. Shu bilan birga terrorchilik tuzilmalarida yana ko‘plab voyaga yetmaganlar bo‘lib, ular jangarilarga yordam bermoqda yoki harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda jangarilar nazoratida 1175 nafar o‘g‘il, 294 nafar qiz bolalar mavjud.
Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning soni 2200 dan oshadi.
Izoh (0)