Facebook ijtimoiy tarmog‘i 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh Kongressiga oraliq saylovlar oldidan 800 dan ortiq sahifa va akkauntni bloklab qo‘ydi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kompaniya spam-xabarlar tarqatmaslik haqidagi qoidalarni muntazam buzganligi uchun 559 sahifa va 251 ta akkauntni bloklagan.
Kontent qoidalarini buzish soxta akkauntlardan foydalanish, auditoriya qiziqishini sun’iy ravishda jalb etish, yolg‘on koordinatsiya va shu kabilarni o‘z ichiga olganligi ta’kidlanmoqda. Kompaniya, shuningdek, bloklangan sahifa va akkauntlar “aynan shu vaqtda — AQShda oraliq saylovlar o‘tkazilishidan biroz avval” faollashganligini ta’kidlaydi.
Saylovlar davomida Kongress Vakillar palatasining barcha a’zolari, shuningdek senator va gubernatorlarning ancha qismi qayta saylanadi.
Izoh (0)