Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari va Toshkent viloyati IIB vakili bilan hamkorlikda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan M.R. ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan, qiymati qariyb 61 mln. so‘mlik, umumiy vazni 1217 grammdan iborat bo‘lgan oq metalldan yasalgan 184 dona har xil turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelinayotganligi aniqlangan.

Shu kabi yana bir holatda fuqaro A.A. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimiga og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 42 680 000 so‘mlik umumiy og‘irligi 194 gramm bo‘lgan 28 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari olib kirilayotganiligi fosh etildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.