Rossiyaning Oryol shahrida trolleybus piyodalar o‘tish qismida odamlar to‘dasi ustiga yurib ketdi. Bu haqda, favqulodda xizmatlar vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohat olgan.
Halok bo‘lganlardan biri — 17 yoshli o‘smir, yaralanganlar orasida ham 17 yoshli o‘smir bor. Trolleybus haydovchisi bo‘lgan ayol hozirda shok holatda.
Trolleybus to‘rtinchi marshrut bo‘ylab harakatlangan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, marshrutka ikkinchi qatorda to‘xtagan, qizlar undan tushgan, trolleybus esa to‘xtashga ulgurmagan.
Izoh (0)