“Zarubejneft” O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Toshkentda Rossiya kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda shu haqda so‘z bordi.
“Zarubejneft” Farg‘ona vodiysi mintaqasidagi konlarda neft qazib olishni ko‘paytirish loyihasini amalga oshirishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, mazkur loyiha bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va kelishuvni imzolashga tayyorgarlik bosqichiga o‘tish taklifi o‘rtaga tashlandi.
Tomonlar qo‘shma korxona va operator faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda servis shartnomasini imzolash imkoniyatini ham ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)