Amerikaning Facebook kompaniyasiga akkauntlar buzilganligi uchun 1,6 milliard dollardan ortiq jarima tahdid qilmoqda. Bu haqda 30-sentabr kuni Daily Mail xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xakerlar 50 million akkauntga kirish imkonini qo‘lga kiritgandan so‘ng Facebook 1,25 milliard funt sterling (1,62 milliard dollar atrofida) jarimaga tortilishi mumkin.
Nashr o‘z hisob-kitoblarida Yevropa Ittifoqining yangi qonunchiligiga tayanadi. Unga ko‘ra, qonunni buzgan kompaniyalar o‘z daromadining 4 foizigacha jarima to‘lashi lozim. O‘tgan yilda Facebook 40 milliard dollarga yaqin daromad qilgan.
Avvalroq Facebook kompaniyasi xakerlar ijtimoiy tarmoq kodidagi zaif joyni topganligi va 50 million akkauntga kirish imkonini qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)