Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi asosida umumta’lim kursiga o‘qishga qabul boshlandi, deb yozadi O‘zA.
Mazkur kurs dasturida belgilanishicha, qo‘shma o‘quv dasturini muvaffaqiyatli bajargan talabalar Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti diplomi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ladi.
Ushbu qo‘shma o‘quv dastur asosida “Eksportga ixtisoslashtirilgan menejment”, “Turizm va ko‘ngil ochish maskanlari menejmenti” mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavriat bosqichiga yigit-qizlar qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 10-oktabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)