20-sentabr kuni 18:30 da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi Yoshlar press-klubida “Korxonalarda marketing siyosatini yuritish” mavzusiga bag‘ishlangan “Marketing klubi” tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, mamlakatdagi Milliy marketing markazi hamkorligida tashkil etiladigan tadbirda O‘zbekistonning 50 dan ortiq muvaffaqiyatli biznes vakili, yosh tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida marketingni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Izoh (0)