Iroqning Kirkuk viloyatida avtobus portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Seyf al-Badrning bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Avtobus Kirkuk viloyatining Er-Rashad tumanidan o‘tayotganda portlovchi qurilmaning ishga tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi”, — deydi al-Badr.
Uning so‘zlariga qaraganda, to‘qqiz nafar yaralangan shifoxonaga yuborilgan.
Izoh (0)