Markaziy bank qarori bilan banklar faoliyatini ro‘yxatga olish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Oldinlari bir aksiyador yoki o‘zaro aloqador aksiyadorlar guruhining tijorat banki ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) umumiy miqdorning 25 foizidan oshishi mumkin emasdi. Bu qoida xorijiy kapital ishtirokidagi va xususiy banklarga tegishli bo‘lmagan. Endi mazkur cheklov butunlay bekor qilindi.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda chet ellik investor ulushi kamida 30 foiz bo‘lishi talab qilinardi. Endilikda ushbu talab 15 foizgacha pasaytirildi.
Izoh (0)