5—6-sentabr kunlari Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Germaniya davlatida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rasmiy tashrif davomida delegatsiya a’zolari Visbaden shahridagi silikat g‘isht ishlab chiqaruvchi Lasko korxonasida jarayon bilan tanishdi. Quyosh energiyasi sohasida uskunalar ishlab chiqaruvchi Visprion EPC GmbH&Co. KG kompaniyasi mutasaddilari bilan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Saksoniya federal yeri Bosh vaziri janob Mixael Krechmer bilan uchrashuv, Germaniyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham suhbat o‘tkazildi. Mazkur jarayonlar davomida eksport, investitsiya, turizm, meditsina yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Viloyat delegatsiyasi vakillari Drezden va Maysen shaharlarining qator ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi hamda soha vakillari bilan har tomonlama manfaatli kelishuvlar imzoladi.
Izoh (0)