2018-yil 11-sentabr kuni soat 00:30 larda Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro M. (1972-yilda tug‘ilgan, erkak) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasidagi “Olam farm” MChJ dorixonasi yonida turgan Suriya fuqarosi M.ga (1992-yilda tug‘ilgan, erkak) tegishli bo‘lgan Honda Accord rusumli avtomashinani olib qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
11-sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)