“O‘zavtosanoat” Namangan viloyatida mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Loyiha 2019-yil noyabrga qadar amalga oshiriladi. Mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 nafar shaxsni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 2018−2019 yillarda Norin tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Izoh (0)