Bugungi kunda avtobus bekatlariga elektron tablo va Wi-Fi o‘rnatish bo‘yicha jadal ishlar ketmoqda. Qo‘shimcha ravishda avtobuslarga kuzatuv kameralarni o‘rnatish, 2030-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash, avtobus saroylarida davlat xususiy sheriklik asosida gaz quyish shohobchalarini (AGNKS) qurish ham rejalashtirilgan. Bu haqda Milliy matbuot markazida “Poytaxt transporti: kecha, bugun, ertaga” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb yozadi Uz24.
Transport xizmati sifatini oshirish, sohaga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida xorijiy kompaniya va firmalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shu kungacha Koreya, Misr, Singapur, Belarus kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, BMT xalqaro tashkilotining rivojlanish dasturi doirasida mamlakatga elektrobuslarni keltirish yuzasidan loyihaga qo‘l urildi. Shuningdek, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda bir avtobus saroyi boshqaruvini ularga berish masalasi har taraflama o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari, avtosaroylarda MAN rusumli avtobuslar sonining ortib borayotganini hisobga olib, 5-avtobus saroyi qoshida MAN servis markazini qurish bo‘yicha ishlar boshlanmoqda.
Izoh (0)