Moldaviya prezidenti Igor Dodon 11-sentabr kuni mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani, biroq uning biroz vaqt shifokorlar nazoratida bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Menga va yaqinlarimda nisbatan hamdardlik, yaxshi tilaklar bildirganlarning barchasiga tashakkur bildirmoqchiman. Afsuski, yana bir muddat shifokorlar nazoratida bo‘lishim talab etiladi”, — deydi Dodon.
9-sentabr, yakshanba kuni kunduzi prezident korteji ishtirokida Kishinyov—Kalarish trassasida avariya yuz berdi. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi kolonnadagi avtomobillar bilan to‘qnashib ketdi.
Izoh (0)