BMW kompaniyasi Germaniyadagi Nyurburgring trassasida birinchi marta X3 M va X4 M krossoverlarini namoyish etdi. Mashinalarning seriyali ishlab chiqarishdan oldingi namunalari afsonaviy poyga trassasida sinab ko‘rilgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, BMW X3 M va X4 M uch litr sig‘imli, ikkita turbinali, 456 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Krossoverlar uchun birinchi marta taklif qilingan Competition Package kuchaytirgichi dvigatel kuchini 482 ot kuchiga chiqaradi.
Izoh (0)