9-sentabr kuni Yoshlar ittiffoqi tomonidan mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik marafoni” tashkillashtiriladi. Marafon davomida ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 9-sentabr kuni 9:00 dan 13:00 gacha qator ko‘chalar avtoharakat uchun vaqtichalik bekitiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Marafon Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasidan boshlanadi va Nukus, A. Qodiriy, Abay, Olmazor, I. Karimov ko‘chalari orqali o‘tib, “Paxtakor” stadionida yakunlanadi.
Yopiladigan ko‘chalar:
Glinka ko‘chasi – Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Nukus ko‘chasi – A. Qahhor ko‘chasidan A. Qodiriy ko‘chasigacha;
Qodiriy ko‘chasi– Nukus ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha;
Abay ko‘chasi – A. Qodiriy ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
Olmazor ko‘chasi – Abay ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
Islom Karimov ko‘chasi – Olmazor ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.
Izoh (0)