Andijon viloyatining chekka qishloqlarida ham sportni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Paxtaobod tumanida qurib foydalanishga topshirilgan yopiq suzish havzasi bunga misol bo‘la oladi. “Oltinko‘l bunyodkori” MChJ tomonidan 3,1 milliard so‘m davlat mablag‘i evaziga barpo etilgan ushbu maskanda o‘g‘il-qizlar suzishdan saboq oladi.
— Bolaligimdan suzishga qiziqsam ham tumanimizda bunga imkon yo‘qligidan afsuslanardim, - deydi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sherzodbek Abdurahmonov. — Faoliyat yurita boshlagan suzish havzasida tajribali murabbiy ko‘magida suzish bilan shug‘ullana boshladim. Kelgusida nufuzli musobaqalarda ishtirok etishdan umidvorman.
Ushbu havzaning isitish moslamalari ko‘mir va gazga moslashgan bo‘lib, bu yilning to‘rt faslida ham faoliyat yuritish imkonini beradi.
Izoh (0)