AQShning Ogayo shtati Sinsinnati shahrida joylashgan bankda otishma yuz berdi. Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, politsiyachilar hodisa joyiga yetib kelgan, deb yozadi “RIA Novosti”.
Cincinnati Enquirer gazetasining xabar berishicha, kamida uch kishi jabrlangan — bir kishi ko‘chada bo‘lgan, ikkinchisi qo‘shni do‘konda bo‘lgan.
“Ayol bankka kirdi va erkak kishi unga qarata o‘q uzdi”, — deydi hodisa guvohi. Uning so‘zlariga qaraganda, ‘mergan’ 15 martaga yaqin o‘q uzgan.
Nashrga ko‘ra, odamlar bank hojatxonasiga yashiringan.
Izoh (0)