Suriyada “tarixiy hodisa” — qochoqlar bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unga manfaatdor mamlakatlar va BMT vakillari taklif etiladi. Bu haqda 5-sentabr kuni Rossiya mudofaa boshqarmasi milliy markazi rahbari general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Forumni o‘tkazish vaqti va joyi hozircha ma’lum qilinmagan.
“Prezident Bashar Asad Suriyada qochoqlar bo‘yicha xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ijobiy qabul qildi va allaqachon forumning aniq tadbirlarini ishlab chiqish uchun Suriya rahbariyati vakillarini tayinladi”, — dedi Mizinsev.
Uning so‘zlariga qaraganda, forum suriyalik qochoqlarni qabul qilgan mamlakatlarning yaxshi niyat elchilarini bir stol atrofida to‘plash va mazkur mamlakatda tinch hayotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish imkonini beradi.
Izoh (0)