“Real Madrid” sobiq himoyachisi Michel Salgado Misr terma jamoasida faoliyat olib boradi.
42 yoshli ispaniyalik misrliklarning yangi bosh murabbiyi Xavyer Agirrega yordamchi bo‘ladi. Agirrening ikkinchi assitenti esa Misr termasi sobiq himoyachisi Xani Ramzi.
Agirre o‘tgan oyda endilikda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan Ektor Kuperning o‘rniga Misr terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, Salgado “Real” safida 10 mavsum to‘p surgan. U 1999-yilda “Selta” klubida “Qirollik klubi” safiga o‘tgandi.
Izoh (0)