Jizzax shahrida 31-avgust kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Forish tumanida yashovchi B.U. “VAZ-2106” (“Jiguli”) mashinasini Islom Karimov — Buyuk Turon ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan, A.N. boshqaruvidagi ZIL-131 yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Jiguli”dagi yo‘lovchilar — haydovchining rafiqasi M.T. hamda M.Q. ismli ayollar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. “Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ular vafot etgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)