Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mustaqillikning 27 yillik bayrami munosabati bilan “Taksi-Huquqiy axborot” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Loyiha 10 kun davom etadi va har kuni tasvirga olinib, mahalliy televideniye orqali kun davomida bir necha marotaba efirga uzatilib boriladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad eng avvalo aholini huquqiy savodxonligini oshirish, qolaversa Adliya vazirligining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Huquqiy axborot” kanalini yanada kengroq targ‘ib etishdan iborat.
Kelgusida, ushbu loyiha doirasida konstitutsiya hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini yoritib borish ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)