Bolgariya IIV rahbari Valentin Radev, transport vaziri Ivaylo Moskovski va hududiy taraqqiyot vaziri Nikolay Nankov mamlakat shimoli-g‘arbidagi avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasidan so‘ng iste’foga chiqdi. YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sofia Globe nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Iste’fo haqida 31-avgust kungi matbuot anjumanida, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov uchala vazirdan o‘z lavozimlarini tark etishni talab qilganligi haqidagi xabarlardan bir necha soat o‘tib, e’lon qilindi.
Nashrning ma’lum qilishicha, bugungi kunda YTHda jabrlangan 13 kishi hamon Sofiya shifoxonalarida qolmoqda.
YTH 25-avgust kuni Iskirsk darasi hududida yuz bergan edi. Avtobus haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan. U, shuningdek, bir nechta avtomobil bilan to‘qnashgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)