BMT kontingenti deyarli to‘liq tarkibda Golan tepaliklariga qaytdi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
U barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, amerikaliklar bilan Suriya janubidagi hududlar Suriya Qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinishi haqida kelishuvga erishilganligi va shunday bo‘lganligini eslatib o‘tdi.
“Bu BMT kuchlariga deyarli to‘liq tarkibda Golan tepaliklariga qaytish imkonini berdi. Bu katta muvaffaqiyat bo‘ldi”, — dedi Bogdanov.
Izoh (0)