Bugun, 29-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining ikki a’zosi oltin va kumush medalga ega chiqdi.
Jumladan, Svetlana Radzivil 1,96 metr natija ko‘rsatib, 2010-yilda o‘zi o‘rnatgan Osiyo o‘yinlari rekordini yangilab, qatorasiga 3-bor Osiyo o‘yinlari g‘olibasiga aylandi.
Qizig‘i, unga asosiy raqib ham o‘zbekistonlik sportchi Nadya Dusanova bo‘ldi. Nadiya 1,94 santimetrlik natijani qayd etgan holda o‘z shaxsiy rekordini yangiladi va kumush medalga ega bo‘ldi. Bu uning Osiyo o‘yinlari doirasidagi ikkinchi kumush medalidir.
Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 45 taga yetdi. Shulardan 12 tasi oltin, 17 tasi kumush, 16 tasi bronza medallaridir. Delegatsiya hozircha umumjamoa hisobida 7-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)