Daryo

Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etildi

Bojlar orasida ro‘yxatdan o‘tkazish, migratsiya hisobi va mehnat faoliyatiga ruxsat berish bilan bog‘liq to‘lovlar bor.

1 daqiqa o‘qish2 198 ko‘rishlar0 izoh3

Rossiyada 1-sentyabrdan boshlab qo‘shimcha davlat bojlari joriy etildi. Bular qatoriga ro‘yxatdan o‘tkazish, migratsiya hisobi va mehnat faoliyatiga ruxsat berish bilan bog‘liq to‘lovlar ham kiradi. Ushbu o‘zgartirishlar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga kiritilgan bo‘lib, 1-sentyabrdan e’tiboran kuchga kirdi, deya xabar bermoqda TASS.

Bular orasida chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berish yoxud qayta rasmiylashtirish uchun 4200 rubl, ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 4200 rubl boj mavjud. Shuningdek, ishlash uchun ruxsatnoma dublikatini berish, migrant yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ishlash uchun ruxsatnomasidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki patent dublikatini berish uchun 2100 rubl miqdorida boj belgilangan.

Bundan tashqari, chet ellik xodimlarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar dublikatlarini berish, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish uchun 2100 rubl, chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun 1000 rubl va turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun 500 rubl miqdorida davlat boji joriy etilgan.

Ta’`kidlanishicha, hukumat davlat bojlarining yangilanishi migrantlarning o‘zlarini ham hujjatlarga va ularning amal qilish muddatlariga yanada mas’uliyatliroq yondashishga undashini kutmoqda.

Bundan avval Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etilgandi. 

Iyul oyi oxirida Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida patentga ega bo‘lgan muhojirlarning taksi xizmatlarida ishlashi taqiqlangandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar