Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, uni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!
O‘zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun o‘zbek xalqini shaxsan o‘z nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Qardoshimiz va do‘stimiz deb bilganimiz O‘zbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni ko‘zlovchi rahbarligida erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo‘lida g‘ayrat va fidokorlik bilan qilayotgan sa’y-harakatlaringizni bugungacha bo‘lgani kabi kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi sa’y-harakatimiz bilan xalqlarimizning manfaati yo‘lida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda do‘st va qardosh O‘zbekistonning shunday irodaga ega ekanining shohidi bo‘layotganimdan mamnunman.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh o‘zbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.
Izoh (0)