Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyat logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

“Siz o‘zingizni iqtidorli dizayner deb o‘ylaysizmi? Unda Buxoro viloyati turistik logotipini yaratish bo‘yicha ko‘rik-tanlovga marhamat!

Ko‘rik tanlov 2018-yilning 18-avgustidan 10-sentabrigacha davom etadi va ‘Eng yaxshi turistik logotip’ nominatsiyasi bo‘yicha loyihalar ushbu muddatda qabul qilinadi.

Buxoro viloyatining turistik logotipini yaratib pul mukofotlari yoki qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!”, — deyiladi xabarda.

“Eng yaxshi turistik logotip” nominatsiyasi bo‘yicha loyihalarni saralash quyidagi talablar asosida aniqlanadi:

  1. Buxoro viloyatning turistik logotipi o‘zining alohida tashqi ko‘rinishi va mazmuniga ega bo‘lishihamda viloyatda turizm infratuzilmasini va turizmning rivojlanishi tendensiyasini o‘zida aks ettirishi;
  2. Buxoro viloyatning turistik logotipi viloyatda turizmni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini qamrab olishi lozim.
Hakamlar hay’ati a’zolari turizm sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar hamda tarix, adabiyot fanlari proffesorlaridan tanlanadi. Buxoro viloyatining turistik logotipini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlov ishtirokchilari ro‘yxati viloyat ishchi guruhi tomonidan tuziladi.

Har bir ishtirokchi yoki g‘oya muallifi tomonidan bir nechta loyihalar taqdim etilishi mumkin. Tanlovda arizalarni topshirish va taqdimot qilish ishtirokchining shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

Tanlov shartlari bilan to‘liq holda qo‘mita saytida tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi