“Alkogol va tamaki sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, deb yozadi Spot.
Hujjatda taklif etilgan tartibga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan:
- alkogol bilan savdo qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lgan restoran, kafe, bar va mehmonxonalar assortimentida mahalliy mahsulot bo‘lishi shart;
- ta’lim, sport va diniy muassasalardan 200 metrdan ortiq masofada joylashgan do‘konlarda alkogol va sigareta sotishga ruxsat etiladi (hozir 500 metr);
- alkogol va sigaretani umumiy savdo maydoni 100 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yirik savdo nuqtalarida va yarmarka pavilyonlarida, shuningdek, ulgurji savdo bozorlarida donalab sotishga ruxsat beriladi;
- respublika hududiga alkogol mahsulotlarni, pivo mahsulotlaridan tashqari, polietilen, polistirol yoki boshqa polimer materialdan tayyorlangan polimer iste’mol tarasida olib kirish taqiqlanadi.
Izoh (0)