Iyul oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Zimbabve hukmron partiyasi yetakchisi Emmerson Mnangagva mamlakatning yangi rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Bu haqda mahalliy Mail gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Prezidentning inauguratsiya marosimi 26-avgust, yakshanba kuni mamlakat poytaxti Xararedagi bosh stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda Afrika mamlakatlari yetakchilari taklif qilingan mehmonlar sifatida ishtirok etdi.
Mnangagva yig‘ilganlar oldida davlat rahbari qasamyodini qabul qildi va “Zimbabvega sodiq bo‘lish, mamlakat konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga amal qilish va xalq huquqlarini himoya qilish”ga so‘z berdi.
Izoh (0)