Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropaning Rossiya “Severniy potok -2” gaz quvuriga ehtiyoji borligini ma’lum qildi. Rossiya yetakchisi Yevropa mamlakatlarining Rossiya gaziga bo‘lgan ehtiyojini “tibbiy fakt” bilan taqqosladi, deb yozadi “TASS”.
“Eng muhimi shundaki, gazdan foydalanish hajmlari, jumladan, Yevropada ham oshib bormoqda. Masalan, ‘Gazprom’ o‘tgan yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga gaz yetkazib berishni 13 foizga oshirgan. Yevropa mamlakatlarining o‘z resurslari esa — Norvegiyada ham, boshqa mamlakatlarda ham, Buyuk Britaniyada ham — tugab bormoqda. Buni tibbiy fakt deb atash mumkin”, — dedi Putin Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan muzokaralar yakunida.
Rossiya prezidenti aynan Moskva va uning zaxiralari Yevropa iqtisodiyoti uchun ideal gaz yetkazib beruvchi ekanligiga ishonadi. Shu bilan bir paytda, uning so‘zlariga qaraganda, boshqa yetkazib beruvchilar bilan raqobatdan cho‘chimaydi.
Izoh (0)