Shvetsiyaning ko‘plab shaharlarida qora kiyim va niqobdagi jinoyatchilar avtomobillarni ommaviy ravishda yoqib yubordi. 80 dan ortiq mashina to‘liq yonib ketgan, yana 30—40 ta avtomobil zararlangan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
https://twitter.com/RaphDeBrouwer/status/1029312155143864320
Eng ko‘p yong‘in Shvetsiyadagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan Gyoteborg va undan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Trollxettan shahrida amalga oshirilgan. Gyoteborg shahrining tumanlaridan birida taxminan 60 ta avtomobil yoqib yuborilgan, ularning 31 tasini olov to‘laligicha yo‘q qilgan. Trollxettanda taxminan 30—40 nafar olov yoquvchi ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan va politsiyachilarga tosh otgan.
Shuningdek, avtomobillar Shvetsiyaning Lyusekil, Alafors, Falkenberg, Malm va boshqa shaharlarida ham yoqilgan. Stokgolm va Uppsalda 13 ta mashina yoqib yuborilgan. Avtomobillardan tashqari, jinoyatchilar mopedlar va avtomobil shinalarini ham yoqib yuborgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Videoupptagning från Göteborgs bilbränder ikväll. Otäcka bilder. pic.twitter.com/28ic0NKJx3
— Mattias Lindberg (@lindbergpolemik) August 13, 2018
Yong‘inlar ko‘plab shaharlarda 13-avgust kuni soat 21:00 da bir necha daqiqalik farq bilan boshlangan. So‘nggi yong‘in haqida qutqaruvchilar soat 22:40 xabar olgan. Politsiyaning taxminicha, yong‘inlar bir-biri bilan bog‘liq, jinoyatchilar esa o‘z harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali muvofiqlashtirgan. Politsiyachilar yong‘inlar joyida bo‘lgan bir necha yigitni so‘roq qilgan, biroq ularning hodisalarga aloqasini isbotlashga muvaffaq bo‘linmagan. 14-avgust kuni ertalab politsiyada birorta ham gumonlanuvchi bo‘lmagan.
Politsiya 13-avgustda yuz bergan yong‘inlarni so‘nggi vaqt ichidagi eng keng qamrovlisi deb atamoqda.
Izoh (0)