15-avgust kuni Tashkent City direksiyasi va Janubiy Koreyaning Bomi Engineering & Construction Co Ltd. ixtisoslashgan qurilish kompaniyasi investitsiya shartnomasini imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Bomi Engineering & Construction Co Ltd. Tashkent City XIMning yangi investoriga aylandi va u ofis binosini barpo etadi. Koreya kompaniyasi mazkur loyihaga 50 million dollar yo‘naltiradi.
Kompaniya ko‘p qavatli ofis binosi qurilishini 2021-yilda yakunlashni rejalashtirmoqda.
Loyiha barcha xonalari “aqlli” texnologiyalar bilan jihozlangan va “A” klassiga mos keluvchi bino qurilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)