Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida “Roxi oxani Tojikiston” davlat unitar korxonasi rahbari Komil Mirzoali boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Kamolov ishtirok etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Tojikiston Respublikasining aksariyat eksport va import tashuvlari O‘zbekiston xududi orqali amalga oshiriladi. Shu bois yig‘ilishda asosiy e’tibor tranzit yuklari olib o‘tishda qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratish bo‘yicha amalga oshirilish lozim bo‘lgan tadbirlarga qaratildi.

O‘zaro suhbat chog‘ida yuk va yo‘lovchi tashishni ko‘paytirish masalalari ham atroflicha muhokama etildi. Olib borilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Tojikiston yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida 25 foiz chegirmalar taqdim etish, Termiz, Qarshi va Samarqand vokzallarida to‘xtab o‘tish, yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida maxsus bayonnoma imzolandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi