AQShda terrorizm uchun 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonov qamoqxona soqchisiga suiqasd qilganlik uchun yana 20 yil qamoq jazosini oldi, deb yozadi Sputnik.
Los-Anjeles sudida Qurbonov federal xizmatchining hayotiga suiqasd qilganligiga iqror bo‘ldi. 2016-yilda u soqchiga pichoq bilan hamla qilib, uning tomog‘ini kesishga uringan. Jabrlanuvchi qutqarib qolingan.
AQShda qochoq maqomini olgan Qurbonov 2013-yilda 4-iyul — AQSh mustaqilligi kunida harbiylar va oddiy fuqarolarga qarshi terakt uyushtirishga uringani uchun qo‘lga olingan.
Izoh (0)