Toshkent shahrida KFC tarmog‘iga qarashli ilk restoran ochilishiga sanoqli kunlar qoldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Restoran tajriba tariqasida sentabr oyida ishga tushadi.
KFC vakillariga ko‘ra, tovuq go‘shti va sabzavotlar mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilinadi. Hozirda mazkur jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun faol ish olib borilmoqda. Har ehtimolga qarshi, Rossiyadan mahsulotlarni import qilish imkoniyati ham mavjud.
Ma’lumot uchun, yil oxiriga qadar Toshkentda yana bir necha KFC restoranlari ochilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)