Toshkentlik ikki nafar ishtirokchi — Diana Shelkova va Aziza Nurmuhammedova “Dunyo go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovining nimchorak finaliga chiqdi. Bu haqda loyiha tashkilotchilari xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik”.
Ular Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va latviyalik ishtirokchilar bilan bellashmoqda.
Ovoz berish 12-avgust kuni Moskva vaqti bilan 12:00 da yakunlanadi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, besh nafar ishtirokchi chorak finalga chiqadi. Final noyabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tadi.
“Hozirgina ‘Dunyo go‘zali 2018’ xalqaro go‘zallik tanlovining nimchorak finaliga internet-ovoz berish boshlandi. Unda toshkentlik ikki qiz — Diana Shelkova va Aziza Nurmuhammedova ishtirok etmoqda”, — deyiladi press-relizda.
Izoh (0)