• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona viloyat sudi Marg‘ilondagi Mehribonlik uyi xodimlariga yengil jazo tayinlangani haqidagi e’tirozlarga izoh berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayevaning Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi mansabdor shaxslariga yengil jazo tayinlangani haqidagi chiqishi berildi. Shuningdek, bu ish bo‘yicha boshqa turli e’tirozlar bildirilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi ushbu e’tirozlar yuzasidan O‘zA muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi.

    Darhaqiqat, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi direktori lavozimida ishlagan K.Yakubov O‘zbekiston Respublikasi JK 207-moddasining 1-qismi, 115-moddasining 1-qismi, 167-moddasi 3-qismining “a” bandi, 209-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

    Jinoyat kodeksi 207-moddasining (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat uchun ushbu modda sanksiyasida eng yuqori jazo 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 115-moddasining (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash) 1-qismida 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 209-moddasining (mansab soxtakorligi) 1-qismida 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 167-moddasining (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismida 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

    Qonunda, shuningdek, 167-moddasining 4-qismida yetkazilgan moddiy zararnining o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi, deb ko‘rsatilgan.

    Tergov organi tomonidan K.Yakubov voyaga yetmagan farzandi A.Yoqubovni jinoyatga, ya’ni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan qonunsiz harakat qilishga jalb qilgan deb, topilgan va O‘zbekiston Respublikasi JK 127-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) 3-qismi “v” bandi bilan ayblangan. Bu toifa jinoyat uchun besh yildan o‘n yilgacha jazo belgilangan.

    Tergovda K.Yakubovning 2005-yil 5-oktabrda tug‘ilgan 12 yoshli voyaga yetmagan farzandi A.Yoqubov jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagani sababli, jinoyat ishining unga nisbatan qismi JPKning 84-moddasi 5-qismi 3-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

    Bir necha oy davom etgan sud jarayonida voyaga yetmagan A.Yoqubovning Mehribonlik uyiga kelib turishi, tengqur bolalar bilan o‘ynashi, kichik yoshdagi bolalarni o‘ynatgani, jahli chiqqanda ularni urgani, so‘kkani haqida ko‘rsatmalar berilgan.

    Ammo, ayni K.Yakubov farzandini jinoiy harakatga jalb etganini tasdiqlovchi biron bir dalil topilmagan, jabrlanuvchi va guvohlar bu haqda ko‘rsatma bermagan. Vaholanki, qonunga ko‘ra K.Yakubovni bu modda bilan ayblash uchun uning tomonidan voyaga yetmagan shaxsni ma’lum bir jinoyat sodir etish uchun harakatlarni bajarishga ko‘ndirish yoki jalb etishga qaratilgan biror-bir aniq harakat mavjud bo‘lishi kerak edi. Shu sababli, K.Yakubovning aybidan O‘zbekiston Respublikasi JK 127-moddasi 3-qismining “v” bandi chiqarilgan.

    Bundan tashqari, sud tomonidan Mehribonlik uyi ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan S.Usmonov, Mehribonlik uyi feldsheri vazifasida ishlagan I.Yo‘ldashev, Mehribonlik uyi tarbiyachisi vazifasida ishlagan H.Yakubova, R.Abdufattoyev, N.Soliyeva, Mehribonlik uyi enagasi vazifasida ishlagan D.Jo‘raboyeva, X.To‘rayeva, Mehribonlik uyi bosh hisobchisi lavozimida ishlagan A.Muydinova, hisobchi A.Saidkamalovalarga nisbatan ular ayblangan moddalar sanksiyasi doirasida jazo tayinlangan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mehribonlik uyi faoliyati ustidan vazifasiga ko‘ra nazorat qilishi zarur bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rilmadi, degan e’tiroz yuzasidan viloyat sudi tomonidan hukm bilan bir vaqtda, joriy yilning 6-avgust kuni Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyiga nisbatan xususiy ajrimlar chiqarilgani va taraflarga e’lon qilingani bildiriladi.

    Qonunga ko‘ra xususiy ajrim sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan so‘ngina tegishli manzilga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

    Shuningdek, Mehribonlik uyi xodimlari va rahbarlari tomonidan sodir qilingan boshqa og‘ir jinoyatlar — tarbiyalanuvchilarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishi jabrlanuvchilarning qadr-qimmatini asrash uchun Jinoyat-protsessual kodeksining 560-moddasiga ko‘ra alohida ish yurituviga ajratilgan va hozirda viloyat sudining yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.

    Mazkur ish bo‘yicha ham sudlov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

    Qonunda belgilangan muddatda mazkur sud yakuni haqida va yuqori idoralarga yuborilgan xususiy ajrim ijrosi haqida tegishli tartibda ma’lum qilinadi.

    11.08.2018, 11:16   Izoh (0)   43427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir ayol va ikki mashinani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

    11.08.2018, 10:23

    O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi mamlakatni tadbirkor ayollar indeksiga kiritish tashabbusi bilan hukumatga chiqdi

    11.08.2018, 10:06

    ​Michigan universiteti professori O‘zbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga dars beradi

    11.08.2018, 08:36

    Surxondaryoda kanal rekonstruksiyasi uchun 16 mingdan ortiq daraxt kesiladi

    10.08.2018, 23:34

    O‘zbekistonning katta delegatsiyasi tashrif bilan Belarusda bo‘lib turibdi

    10.08.2018, 23:20

    Singapurning Indorama kompaniyasi O‘zbekistonda paxta klasterini yaratish uchun 335 mln dollar sarmoya kiritadi

    10.08.2018, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.