Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini lira kursi dollarga nisbatan rekord darajada pasayib ketishi yuzasidan xavotirlanmaslikka chaqirdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “News.ru”

“Unutmang, ularning dollari bor, ammo biz bilan xalqimiz, Xudomiz birga. Biz ko‘p ishlayapmiz. 16 yil avval qanaqa edig-u, hozir qayerdamiz — o‘zingiz qarab ko‘ring”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turk lirasi Turkiya—Amerika aloqalari yomonlashuvi fonida, 10-avgust kuni 14 foizga — bir dollar uchun 6,47 liragacha tushib ketdi. Aprel oyida pasayishgacha dollar narxi 4 lira edi. Yil boshidan buyon turk lirasi 29 foizga tushib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni AQSh Moliya vazirligi ikki turk vaziri — IIV rahbari Suleyman So‘ylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamit Gyulga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bunga ularning amerikalik pastor Endryu Bransonni ta’qib etishdagi roli sabab bo‘ldi.