Buyuk Britaniyadagi Chester hayvonot bog‘ida kamyob qora karkidon bolaladi, deb xabar beradi Meduza.
Karkidoncha hayvonot bog‘i tashrifchilari ko‘z o‘ngida dunyoga keldi. U tug‘ilganidan 15 daqiqa o‘tib, yurishni ham boshlagan.
Ma’lumot uchun, yovvoyi tabiat qo‘ynida qora karkidonlardan atigi 650 ta qolgan.