Xitoy Oliy xalq sudi 7-avgust, seshanba kuni ikki yil avval bir guruh maktab o‘quvchilarini qasddan urib ketgan erkakka nisbatan o‘lim jazosini ijro etish uchun order berdi. Bu haqda Nanyan shahri xalq sudi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 2016-yilning 29-dekabrida Xenan provinsiyasining Nanyan shahrida yuz bergan. Sudlanuvchi Ma Gaochao o‘rta maktablardan birining o‘quvchilari mashg‘ulotlardan keyin uyga qaytayotgan vaqtdan foydalanib, katta tezlikdagi avtomobilda maktab hududiga kirib kelgan va avtomobilni o‘quvchilar ustiga haydagan.
Oqibatda ulardan olti nafarini yaralagan. Shundan so‘ng u maktab hududidan chiqib, yo‘lni kesib o‘tayotgan yana bir guruh o‘quvchilarni urib ketgan. Ulardan bir nafari halok bo‘lgan, 11 nafari jabrlangan.
Sud erkak jinoyatni qasddan sodir etgan deb qaror qilib, uni oliy jazoga hukm qildi.
Izoh (0)