O‘zbekistonning televizion reklama bozori 29 foizga o‘sdi. Bu haqda International Media Service (IMS) xabar berdi, deb yozadi Spot.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning olti oyi davomida O‘zbekiston telereklama bozori hajmi 65 milliard so‘mga yetgan. O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 29 foizni tashkil etgan.
Eng yirik televizion reklama beruvchi Beeline kompaniyasi hisoblanadi. Coca-Cola va Berlin Chemie shirkatlari esa yetakchilar uchligidan joy olgan.
Eng faol tovar kategoriyasida hamon “Farmatsevtika” yetakchi — telereklamada uning ulushi 25 foizdan yuqori. Ikkinchi o‘rindan telekommunikatsiya sohasi, uchinchidan esa gazli ichimliklar reklamasi joy olgan.
Izoh (0)