Britaniyalik Kevin Rayan ijtimoiy tarmoqqa o‘zining to‘y suratlarini joylagan. Twitter foydalanuvchilari suratlarga “eng zo‘r nikoh marosimi” deya izoh qoldirgan, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Suratda turmush qurgan juftlik aks etgan, biroq orqa fonda polda yotgan qizning suratlarini ko‘rish mumkin.
“Uch yil ilgari men butun umrlik muhabbatim bo‘lgan qizga uylandim, to‘yimizda singlim yiqilib tushgan”, — deya Kevin suratni izohlagan.
Uning so‘zlariga qaraganda, singlisi havoning dimligi tufayli hushini yo‘qotgan. Qiz darhol o‘ziga kelgan, surat esa esdalikka qolgan.
Twitter foydalanuvchilari yuzlab izohlar qoldirgan, ularning fikricha, surat shu vaqtga qadar internetda e’lon qilingan to‘y rasmlari ichida eng zo‘ridir.
Three years ago, I married the love of my life and my sister fell over pic.twitter.com/9jaSazmiir
— Kevin Kennedy Ryan II 🌹 (@K_47) July 25, 2018
Izoh (0)