Toshkent hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining rais o‘rinbosari Diyor Mirzaahmedov Toshkentda art-obyektlari qanday tanlanganligi va o‘rnatilganligiga aniqlik kiritdi. Bu haqda u 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifing doirasida ma’lum qildi, deb yozadi “Repost”.
U kichik arxitektura qurilmalari shahar budjeti hisobidan emas, xususiy kompaniyalarning xayriya mablag‘lari hisobidan o‘rnatilganligini ma’lum qildi.
Mazkur holatda hech qanday qaror va farmoyish chiqarilmagan. Shunga muvofiq, davlat va xususiy kompaniyalar hamkorligiga budjet mablag‘lari ajratilmagan.
“Xususiy kompaniya shaharni tezkor bezatish tashabbusi bilan chiqdi. Kompaniya barcha obyektlarni qisqa muddatda o‘rnatishi kerak edi, shuning uchun ular internet-do‘konlardan xarid qilindi. Chunki bir oy ichida na tanlov o‘tkazish, na loyihalar va na qurilmalarni ishlab chiqishning jismoniy imkoniyati yo‘q edi”, — deydi Jamoatchilik kengashi raisi.
Izoh (0)