Afg‘onistonning Gardez shahridagi terrorchilik hujumi qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, yaralanganlar esa 81 kishini tashkil etdi. Ulardan 20 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq 25 kishi halok bo‘lganligi va 33 kishi yaralanganligi ma’lum bo‘lgan edi.
3-avgust, juma kuni Paktiya viloyatidagi Gardez shahrida joylashgan masjidda ikki xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Hujum yuz bergan vaqtda bino ichkarisida kamida 600 kishi bo‘lgan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, xudkush-terrorchilar portlovchi qurilmalarni ishga tushirishdan avval bir nechta granatani portlatgan.
Izoh (0)