“QozAvtoSanoat” O‘zbekiston bozoriga kirib borishni rejalashtirayotgani, biroq buning uchun davlat tomonidan eksport oldi jarayonlarining moliyalashtirilishi va subsidiyalar ajratilishi zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekistonda bizning sohamizni rivojlantirishning istiqbollari nihoyatda katta. Biroq bunga qarshilik qilayotgan ichki to‘siqlar bor. Bu avvalo yuk tashish va sertifikatlashtirish to‘lovlarini qisqartirish bilan bog‘liq. Masalaning yechimi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak”, — dedi “QozAvtoSanoat” rahbari Oleg Alfyorov.
Alfyorovning fikricha, bunday tizim xorijda, jumladan, Rossiyada allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.
“QozAvtoSanoat” ma’lumotlariga qaraganda, korxona joriy yilning 6 oyi davomida 14,6 mingdan ortiq avtotransport vositasi ishlab chiqargan.
Izoh (0)