Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 7—8-avgust kunlari “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya tashkil etiladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, konferensiyada Turkmaniston Fanlar akademiyasi, Maxtumquli nomidagi Til va adabiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Rahimmamed Kurenov va yana 30 ga yaqin davlatlardan vakillar tashrif buyuradi.
Mazkur konferensiya Turkmaniston fanlar akademiyasi Maxtumquli nomidagi til va adabiyot instituti mutaxassislarining Pokistonga ilmiy safari paytida Islomobod Milliy kutubxonasi fondidan topilgan Bobur devonining qo‘lyozmasiga bag‘ishlanadi.
“Men Toshkentda 7—8-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga mana shu qo‘lyozmaning topilishi bilan bog‘liq ma’ruza bilan qatnashmoqdaman. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qo‘lyozma 3-son bilan raqamlangan papkada bo‘lib, juda achinarli ahvolda edi. Uning birinchi varag‘ida nasta’liq xatida bitilgan “Devoni Bobur turkiy” degan yozuv bor. Qo‘lyozmaning boshi, o‘rtasi va oxiridagi sahifalarga anchagina ziyon yetgan”,  – deydi Rahimmamed Kurenov.
Qo‘lyozma qog‘ozi va xattotning uslubi kitob Bobur yashagan davrda yoki undan sal keyinroq bitilganidan darak beradi. Yaqindan tanishib chiqilganda ayon bo‘lganki, kitob uchta asarni o‘z ichiga olgan. U “Mubayyin”dan boshlanadi, keyin “Devon”, oxirida esa Boburning “Aruz risolasi” yoki “Muxtasar” asari bilan yakunlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi