Yo‘lovchilarni tashish xizmatini yanada yaxshilash, yuk ortish hajmi va vagonlarning aylanmasini ko‘paytirish, temir yo‘l orqali yuklarni tashish samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda, deb yozadi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
So‘rovnomada asosan yo‘lovchilar va tadbirkorlarning manfaatlari inobatga olingan. Shuningdek, maxsus, shu jumladan, sayyor ishchi guruhlar tuzilib, ular joylardagi vaziyatni, talab va takliflarni o‘rganib kelmoqda.
Bundan tashqari, maxsus ishlab chiqilgan so‘rovnoma “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy sayti va “Uforum.uz” forumida joylashgan. Unda har bir foydalanuvchi nafaqat belgilangan savollarga javob berishi, balki o‘z taklif va mulohazalarini bildirishi mumkin.
Savolnomada dolzarb mavzudagi masalalar qamrab olinib, keng jamoatchilikka ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Undagi savollarga javob berish va fikr-mulohazalar bildirish mumkin, shuningdek, so‘rovnoma bilan “Uforum.uz” forumida tanishish mumkin.
Izoh (0)